Stomatologiya INWHITE

Kattalar va bolalar uchun stomatologik
xizmatlar to'plami

Shifokoringizni toping va qabuliga onlayn yoziling

InWhite stomatologiya klinikasi - bu

  • Shaharning yetakchi stomatologlar jamoasi.
  • Sifat kafolati.
  • Ko'p bosqichli sterilizatsiya.
  • Har bir mijozga alohida yondashuv.

InWhite, shuningdek, go'zal tabassumlar taqdim etadigan maskandir.

So'rov qoldiring

Ro’yhatdan o’ting va biz tez orada siz bilan bog'lanamiz.

Nega biz?

Tajribali mutaxassislar

Klinika shifokorlari 15 yillik ish tajribasiga ega va o'z malakasini muntazam oshirib kelishmoqda.

Zamonaviy uskunalar

Klinika xalqaro sifat standartlariga javob beradigan yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Bizga ishonishadi

Bemorlarning 70% dan ortig'i do’stlarining tavsiyanomasi bilan bizning klinikaga kelishadi.

Maxsus atmosfera

Inwhite - bu hotirjamlik va farovonlik maskani. Xushmuomala xodimlarning yaxshi tashkil etilgan ishi, klinikada yoqimli musiqa ostida barcha muolajalarni maksimal qulaylikda o'tishiga yordam beradi.

Klinika xizmatlari

Biz bilan siz tishlaringizdagi og'riqni unutasiz.
01.
Professional gigiena
Tanlash uchun 6 turdagi professional tish tozalash! O'zingizga yangi va yorqin tabassum taqdim eting!
02.
Ortopediya
Protezlashning zamonaviy usullari (vinir, koronka, most turidagi konstruksiyalar, byugel va boshqa turdagi protezlar).
03.
Ortodontiya
Tishlarni yuqori sifatda tuzatishning zamonaviy usullari. Tekis va chiroyli tishlarga loyiqsiz. Va siz bunga kutganingizdan tezroq erisha olasiz!
04.
Implantologiya

Implantatsiyaning zamonaviy usullari, hatto to'liq adentiya bilan ham, sizga chiroyli tabassumni qaytarish va yana sevimli ovqatlaringizni yeyish imkonini beradi!
Operatsiyani shaharning yetakchi tajribali implantologi tez va og'riqsiz bajaradi, u 400 ta shogirtga ham ustozlik qiladi.

05.
Bolalar stomatologiyasi
INWHITE klinikasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan 3 ta bolalar stomatologi ish yuritadi. Ular ko'p yillik amaliyot davomida zo'r psixologlar bo'lishdi (shuningdek, bizning kichik bemorlarimiz uchun yaxshi do'stlar). Biz bolalarga qanday munosabatda bo'lishni bilamiz.
06.
Jarrohlik
Og'iz bo'shlig'ida og'riqsiz mikro operatsiyalar.
07.
Terapiya

Og'riqsiz kariyesni davolash Estetik xizmatlar.

08.
Oqartirish

Malakali mutaxassis qo'lida, bitta muolajani o’zida, tishingizga zarar bermasdan va yoqimsiz hislarsiz tishlaringiz oppoq tusga kiradi.

Hozirgi kunda emalni oqartirishning eng xavfsiz va eng samarali usullari: ZOOM 4, OPALLACENS, shuningdek uyda oqartirish to'plamlari.

Sog'lom tishlar va
yorqin tabassum

Siz uchun bu muvaffaqiyat va o'ziga ishonch kalitidir.
Bizning shifokorlarimiz uchun esa bu eng yaxshi mukofot.

Ko'p beriladigan
savollarga
javoblar

Tish shifokorining qabuliga qanday tayyorgarlik ko'rishim kerak?

Облегчите процесс и себе, и вашему врачу — выполните простые рекомендации от стоматолога перед приемом.

Birinchi tavsiya: albatta ovqatlaning! Chunki muolajadan so’ng 1-2 soat ovqat iste’mol qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu og'riqsizlantiruvchi dori yuborish natijasida mumkin bo'lgan bosh aylanishining oldini olishga yordam beradi.

Tishlaringizni yuvishni unutmang (agar kerak bo'lsa, tish pastasidan foydalaning).

Qulay, nafas oladigan kiyim kiying.

Qabulga kirishdan bir kun avval uyqusizlik kuzatilsa, kechasi tinchlantiruvchi (valerian damlamasi va shunga o’xshash dorilar) iching ( shunda ham hayajon kuchli bo’lsa, muolajaga kirishdan oldin ham tinchlantiruvchi dori ichsangiz bo’ladi).

Agar sizda qandli diabet, gipertenziya, bronxial astma kabi surunkali kasalliklar bo'lsa, dori -darmoningizni unutmang va shifokoringizga xabar bering.

Qachon tish shifokoriga bormaganingiz ma’qul:

Herpes yoki "isitma" bilan;
O'tkir respirator virusli infektsiyalar, faringit, tomoq og'rig'i va nafas yo'llarining boshqa kasalliklari bilan;
Burunda nafas olishga qiynalayotgan bo’lsangiz;

если накануне вы принимали алкоголь — это снижает эффективность анестетиков.

O'tkir tish og'rig'i bo'lsa, bu cheklovlar, albatta, bekor qilinadi. Ammo esda tutingki, bu omillar asoratlar xavfini oshiradi.

Agar fors-major holatlar mavjud bo'lsa va siz belgilangan vaqtda kela olmasangiz, iloji boricha tezroq klinikaga qo'ng'iroq qiling va uchrashuvni boshqa kunga belgilang. Bu shifokorga bo'sh vaqtini boshqa bemorlarga ajratishga imkon beradi.

Homiladorlik paytida tishlarni davolash mumkinmi?

Лечить зубы во время беременности не только можно, но даже нужно — терпеть зубную боль не стоит, это стресс, как для матери, так и для малыша. Кроме того, любой очаг инфекции может стать причиной осложнений.

Ammo homiladorlikning rivojlanish bosqichiga qarab, o'ziga xos xususiyatlar mavjud:

I trimestr (13 haftagacha) - ko'plab dorilar va rentgen nurlari tavsiya etilmaydi. Bu vaqtda muolajalar faqat favqulot holatlarda qo’llaniladi.

II trimestr (14 dan 27 haftagacha) - tekshiruv va davolanish uchun eng qulay vaqt. Bu vaqtga kelib, homilaning hayotiy organlari ancha shakllangan bo'lib, homila qobig’i bolani tashqi tasirlardan nisbatan himoya qila oladi.

III trimestr (28 dan 42 haftagacha) - tish davolash mumkin, lekin onaga jismoniy noqulayroq bo’ladi. Oxirgi 2 oyda tish davolash faqat o'tkir og'riq tufayli tavsiya etiladi.

Homiladorlik paytida aql tishlarini olib tashlash, implantatsiya qilish, tishlarni oqartirish kabi muolajalar ko’rilmagani ma’qul. Sal keyinroqga, farzand tug’ilganidan keyinga qoldirish tavsiya etiladi.

Va, albatta, iloji bo'lsa, barcha tish muammolari homiladorlikni rejalashtirish bosqichida hal qilinishi kerak!

Professional tozalash yoki oqartirish: qaysi birini tanlash kerak?

Zamonaviy stomatologiya, hatto tabiatan Gollivud tabassumiga ega bo'lmaganlar uchun ham Oppoq tabassumga ega bo'lishga imkon beradi. Ammo hamma ham tozalash va oqartirish o'rtasidagi farqni tushunmaydi.

Biz aytamiz
Prof gigiena (tish kresloda tishlarni yuvish) - yumshoq va qattiq karash, tish toshlarini olib tashlashni o'z ichiga oladi. Ushbu muolaja emalning tabiiy yarqirashi va rangini qaytarishga yordam beradi.

Gigiena uchun maxsus asbob-uskunalar yordamida tishlar orasidagi karashlarni mukammal darajada yo'q qiladi, karies va turli kasalliklarning oldini oladi. Ushbu usul, breket taqadigan, chekuvchilarning va qahva sevuvchilar tish emalini saqlaydi.

Oqartirish - bu kosmetik muolaja bo'lib, natijada tish emalining tabiiy rangi ma'lum miqdorda oqarishidir.

Bugungi kunga qadar eng zamonaviy va xavfsiz oqartirish - bu Zoom 4. Bu muolaja yaxshi natija berib, uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadi.

Oqartirish muolajasi prof gigienasiz amalga oshmaydi. Bundan tashqari, professional tozalab turish - bu muhim muolaja bo’lib, uni yiliga ikki marta bajarish muhim.

Siz bu yil profgigiena amalga oshirdingizmi?

Bizni qanday topish mumkin

Manzil

Kukcha darvozasi ko'chasi, 358

Telefon

+998 (95) 170-77-97

E-pochta manzili

Inwhite@gmail.com

Qabul vaqtlari

Dushanba - shanba [9: 00-18: 00]